

Daromadingizni 12% ga oshiring


Shaxsiy investitsiya hisobvarag‘ini (ShIH) ochish orqali
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod bo’lish (JSHDS) va investitsiyalardan olinadigan daromad solig‘idan ozod bo’lish.






O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.06.2024-yildagi 331-son "Shaxsiy investitsiya hisobvarag‘ini ochish va undagi mablag‘larning hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori
ShIH nima?




Bu brokerlik hisobvarag‘ining alohida turi bo‘lib, u O‘zbekiston fond bozoriga investitsiya qilinadigan jismoniy shaxslar daromadlarining 12 foizi miqdorida soliq imtiyozlarini olish huquqini beradi. Soliq imtiyozlari orqali daromadingizni yillik 38% gacha oshiring.
ShIH - uzoq muddatli jamg‘armalarni ta’minlaydigan foydali moliyaviy odatingizga aylanishi mumkin. Ish haqi yoki daromadlaringizning 20 MHTEKMgacha bo‘lgan qismini har oyda, lekin yiliga 100 MHTEKMdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda ShIHga yo‘naltiring. Hisobga kiritish summasini o‘zingiz mustaqil ravishda belgilaysiz.
Freedom Broker shaxsiy investitsiya maslahatchisi (konsultant) - fond bozorida ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan mutaxassisni taqdim etadi, u sizga ShIHga investitsiya qilish uchun qimmatli qog‘ozlarni to‘g‘ri tanlashda va maqsadlaringiz hamda imkoniyatlaringiz asosida shaxsiy moliyaviy rejangizni tuzishda yordam beradi.
ShIHning afzalliklari


Bittada ikkita soliq imtiyozi.
JSHDS va investitsiyalardan olinadigan daromad solig‘idan ozod bo'ling










Yiliga +15,2 mln so‘m
Yiliga 100 MHTEKM miqdorida sarmoya kiritganingizda, 15,2 mln so‘m miqdoridagi soliqning tejalishiga erishasiz
Istalgan strategiya uchun vositalar
O‘zingiz yoki shaxsiy investitsiya maslahatchisi(konsultant) yordamida tanlang.




Oddiy to‘ldirish
Buxgalteriyangizga ish haqi va boshqa daromadlarning bir qismini o‘tkazish uchun ariza topshiring va darhol JSHDS to‘lamasdan 12% ishlab oling




Bepul konsultatsiya
Shaxsiy investitsiya maslahatchisi (konsultant) sizning maqsadlaringizga mos keladigan qimmatli qog‘ozlar va investitsiya portfelini tanlab beradi.
Rustam, 39 yosh, bosh buxgalter
Har oy maoshimning bir qismini ajrataman, asosan risklarning oldini olish uchun konsultant maslahati bilan obligatsiyalarni olaman. Eng muhimi - bu pullarga tegmayman.
Uch yil ichida men o‘zim aniq to‘play olmaydigan miqdorda mablag‘ to‘planishi kerak. Bu yerda esa - hammasi tinchgina o'z ishini bajaradi. Kelasi yilning bahorida men nihoyat o‘sha kutilgan ta’tilga ketaman. Kioto va Tokioda ikki hafta - nonushtaga baliq, muzeylar, ibodatxonalar va xotirjam miya bilan.
ShIH barcha moliyaviy masalalarni hal qildi, deb aytolmayman. Lekin u menga doim orqaga surib kelgan ishni bajarishimga yordam berdi. Bu qiyin emas, bu ishlaydi va men faqat buni oldinroq boshlamaganimdan afsusdaman.
Mariya, 35 yosh, Kadrlar bo‘yicha direktor
Men o‘zim ShIHni ochdim: avvaliga soliq chegirmasi uchun, keyin esa investitsiyalarni biroz chuqurroq tushuna boshladim. Bu, ayniqsa, "rasmiy" maosh oluvchilar uchun haqiqiy ish quroli ekanligini tushundim.
Biz ko‘pincha benefitlarni «tashqi narsalar» ya'ni sportzal, qahva, timbilding deb o‘ylaymiz. Lekin sen insonlarga hozirda mavjud bo’lgan maosh hisobidan qo‘shimcha daromad olishga yordam bera olsang — bu, kamida, haqqoniy bo’ladi. Biz oddiy eslatmani tayyorladik, xodimlarga savollar berish imkoniyatini berdik, konsultantni taklif qildik. Hech kimni majburlamadik — shunchaki tanlovni taqdim etdik.
Natijada xodimlarning taxminan uchdan biri ShIH ochdi. Kimdir soliq chegirmasi uchun va yana kimdir esa uzoq muddatli maqsadlar uchun jamg‘arish maqsadida. Menimcha, bu kimningdir hayotini tubdan o‘zgartirmadi, lekin aniq bilamanki bunday narsalar ishonchni shakllantiradi. Insonlar sen shunchaki “xodimlarni yollovchi” emas, balki ular o'zlari ishlab topgan pulni oqilona boshqarishlariga yordam berishga harakat qilayotganingni ko'radilar.
Menga bu hozirgi paytda HR sohasini rivojlantirishning eng to‘g‘ri yo’nalishidek tuyuladi — va’dalar emas, balki amaliy vositalar. ShIH esa aynan shunday vositadir.
ShIHni nima uchun ochadilar?




Muhammadkamron, 34 yosh, moliyaviy tahlilchi
Bolalar tez ulg‘ayishini va o‘qish uchun baribir qayerdandir pul topishga to‘g‘ri kelishini tushunib yetdim. Shunchaki kartada pul qoldirish orqali uni tejash nima bilan tugashini o'zim bilaman.
Oxir-oqibat o‘tirib hisobladim: katta farzandim universitetga kirishiga 7 yil qolibdi. Har yili ShIHda biror miqdorni jamg'arib borsam va qo'shimchasiga obligatsiyalarni sotib olsam — bemalol yaxshi miqdordagi boshlang‘ich pulni to‘plashim mumkin. Albatta, bu Londonda o‘qish uchun emas, balki keyinchalik qarzlar bilan qiyinchilikda qolmaslik uchun.
Sarmoya kiritishni ehtiyotkorlik bilan amalga oshiraman, o'z maslahatlari uchun konsultant Alisherga rahmat. Hozircha summalar katta emas, lekin hammasi amalga oshadi degan his bor.
Buni sehrli sxema deb aytolmayman. Ammo u haqqoniy: qancha sarmoya kiritgan bo‘lsangiz, shunchaga o‘sadi, hech qanday syurprizlar yo'q. Tushunaman, hamma narsani faqat shu bitta vosita bilan hal qilib bo‘lmaydi — lekin bu keyinchalik buni qilib ko'rmagandan afsuslanishdan ko'ra yaxshiroq.


Artur, 45 yosh, biznes egasi
Daromad yuqori bo‘lganda “maksimal” darajada yashashga — sayohatlar, yangilanishlar, qulayliklarga qiziqish paydo bo‘ladi. Lekin ma'lum bir vaqtda tushundimki, optimallashtirishning qonuniy vositalaridan foydalanmaganim uchun muntazam ravishda pul yo‘qotayotgan ekanman. Shulardan biri — Shaxsiy investitsiya hisobvarag‘i (ShIH).
Men ShIHni ortiqcha ishtiyoqsiz - shunchaki umumiy moliyaviy rejalashtirishning bir qismi sifatida ochdim. U orqali “daromad olish” uchun emas, balki daromadning bir qismini soliq chegirmasi bilan tizimli ravishda joylashtirish uchun sarmoya kiritdim. Strategiyani obligatsiyalar va konservativ fondlar orqali tanladim. Bu menga ikki narsani berdi: barqaror daromad va yillik JSHDS kompensatsiyasi - darvoqe, bunday soliq yuklamasida uni olmaslik ahmoqlikdir.
Hozir bu mening portfelimdagi eng tushunarli va tartibga soluvchi vositalardan biri. Men undan mo‘jizalarni kutmayman - u men ishlayotgan vaqtda o'z ishini bajaradi. ShIH o‘zining samaradorligini allaqachon namoyon etdi.




Aloqa Raqamlari


info@ffin.uz 1135
TELEGRAMda qo'llab-quvvatlash
@konsultant_ff
https://freedombrokeruz.com saytida taqdim etilgan barcha materiallar faqat ma'lumot olish uchun mo'ljallangan va biron bir qimmatli qog'ozlarni sotib olish yoki sotish taklifi bo'lib hisoblanmaydi, shuningdek, investitsiya bo'yicha maslahat yoki xizmatlar ko'rsatish xohishini bildirmaydi. Qimmatli qog'ozlarga investitsiya qilish katta tavakkalchilik bilan bog'liq, va investorlarga emitentlarning ishonchliligini mustaqil ravishda o'rganib chiqish tavsiya etiladi. Avvalgi natijalar investitsiyalarning kelajakdagi daromadliligini kafolatlamaydi.
*Taklif etilayotgan obligatsiyalar oʻzbek soʻmida chiqarilgan. Qulaylik va yaxshiroq tushunish uchun ularning qiymati kirish mumkin bo'lgan hujjatda ko'rsatilgan ayirboshlash kursi asosida AQSh dollari ekvivalentida keltirilgan.